Yakkasaroy tumani Shanxay bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatmoqda

Iqtisodiyot 16:00 / 28.06.2019 6487

Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay shahri Jiading (Tszyadin) tumani meriyasi taklifiga binoan, Yakkasaroy tumani hokimi B.Shamuratov rahbarligida Yakkasaroy tumanida faoliyat yuritayotgan bir guruh tadbirkorlar Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldilar.

O‘zbek delegatsiyasining tashrifi – Shanxay va Toshkent o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona aloqalarning 25 yilligiga uzviy bog‘langan holda tashkil etildi. Xizmat safari jarayonida, kelgusida Yakkasaroy tumani hokimligi bilan Jiading tumani meriyasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, sherikchilik doirasini kengaytirish, hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, Xitoy Xalq Respublikasida hozirda amalga joriy etilgan ilg‘or texnologiyalarni Yakkasaroy tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'yektlariga tadbiq etishni qo‘llab-quvvatlash, tuman infratuzilmasi va boshqa bir qator sohalarda ish olib borish maqsadida, Jiading tumani meriyasida uchrashuv tashkillashtirildi va meriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuvda Jiading tumani savdo-sanoat palatasi, turizm departamenti rahbarlari ishtirok etdilar. Tashrif chog‘ida Jiading tumanidagi texnopark, iqtisodiy zonalar, uy-joy qurilishi obektlari va sanoat mashinasozligi kabi tuzilmalar faoliyati bilan tanishildi.

O‘z navbatida tuman meri janob Lu Fanchjou Jiading tumani Shanxay shahri megopolisida yetakchi o‘rinni egallayotgani va kelgusida Yakkasaroy tumani hokimligi hamda Jiading meriyasi bilan birgalikda o‘zaro, ikki tomonga naf beradigan bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi Shanxay shahridagi Bosh konsuli ishtirokida Yakkasaroy tumani tadbirkorlari hamda Jiading tumani meriyasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv jarayonida Toshkent shahri va Yakkasaroy tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya salohiyati yoritib berildi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining “Yiwu Wenli Import & Export Co.Ltd”, “Shanghai Tita Machinery & Equipment Co.Ltd”, va “Oha Industru Trade (Shanghai) Co Ltd” kompaniyalari bilan Yakkasaroy tumanida faoliyat yuritayotgan “GuIsana Tekstil Invect” va “Grand Capital” MChJlar o‘rtasida Yakkasaroy tumani iqtisodiyotining rivoji uchun 10 mln AQSh dollaridan ziyod qiymatida bo‘lgan investitsiya kiritish masalasi kelishib olindi.

Delegatsiya a'zolari Jiading tumanida joylashgan bir qator ijtimoiy obektlarda ham bo‘ldilar. Jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari, Jiading tumanida faoliyat yuritayotgan avtomobilsozlikka ixtisoslashtirilgan korxonalar majmuasida, “Avtomobillar tarixi” muzeyida, “2017 yilda jahonning eng yaxshi kutubxonasi” nominatsiyasini qo‘lga kiritgan kutubxonada hamda teatr maskanlarining birida bo‘ldilar.

Kelgusida Yakkasaroy tumani hokimligi hamda Jiading tumani meriyasi hamkorligida ikkala tomon yanada keng ko‘lamda, ko‘plab sohalarni qamrab olgan holda hamkorlikda ish olib borishini inobatga olib, Jiading tumani meriyasi rahbariyati va tadbirkorlarini mamlakatimizga, jumladan Yakkasaroy tumaniga tashrif buyurishlari taklif etiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: