Apple’ning 5 mingdan ortiq patentga ega bosh dizayneri iste'foga chiqadi va o‘z kompaniyasini tashkil etadi 

Fan-texnika 12:40 / 28.06.2019 6400

Apple kompaniyasining dizayn bo‘yicha bosh direktori Jonatan Ayv iste'foga chiqadi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati. 

Ayv lavozimini yil oxirigacha tark etadi va o‘zining LoveFrom dizaynerlik kompaniyasini tashkil etadi. Kompaniyaning birinchi mijozi Apple bo‘ladi.

Ayv Apple dizaynerlar jamoasiga 1996 yildan buyon rahbarlik qiladi. U 1998 yilda iMac monobloklarining birinchi avlodini namoyish etgan. iPod, iPod nano, iPod touch, MacBook Air, iPhone, iPad va boshqa qurilmalar dizaynini ishlab chiqqan. 2012 yildan buyon iOS tizimi dizayni bilan shug‘ullanadi.

U 5 mingdan ortiq patentga ega va dizayn sohasida ko‘plab mukofotlar sohibi.  

Ko‘proq yangiliklar: