«UZSTAFF-2025» loyihasidagi yoshlarimiz xorijda kafolatli ish bilan ta'minlanadilar

Jamiyat 15:30 / 27.06.2019 15050

Respublikamizda faoliyat olib borayotgan xususiy bandlik agentliklari orada qisqa vaqt ichida o‘ziga yarasha o‘rnini topgan professional jamoa UNISTAFF xususiy bandlik agentligidir. Bosh ofisi Farg‘ona shahrida joylashgan agentlik 2019 yil yanvardan e'tiboran, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berilgan №0026 raqamli litsenziya asosida ish yuritadi. Bugungi kunda agentlik Farg‘ona, Toshkent, Namangan shaharlarida o‘z ofislariga ega va Respublika bo‘ylab hududlardagi mijozlariga xizmat ko‘rsatib kelmokda.

Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda UNISTAFF agentligi fuqarolarni kasbga tayyorlash va ularni xorijda ishga joylash uchun «UZSTAFF-2025» loyihasini ishlab chiqqanini ma'lum qildi. Biz loyiha maqsadi va unda ishtirok etish talablari haqida ma'lumot olish uchun loyiha mualliflari UNISTAFF agentligi bosh mutaxassisi A.Bozorov va uning boshchiligidagi jamoa a'zolaridan biri F.Kurbonovlar bilan bog‘landik.

Agentlik jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan «UZSTAFF-2025» loyihasi kimlar uchun mo‘ljallangan va loyiha maqsadi qanday?

Biz tanishib chiqqan ma'lumotlarga ko‘ra loyiha juda keng va mukammal ishlab chiqilgan. Undagi uzoq yillarni ko‘zlab qilingan maqsadga qarab loyiha mualliflari jamoasi haqiqatdan ham yetarli tajribaga ega xodimlardan tashkil topganligini bilish mumkin.

Shu o‘rinda, qayd etish o‘rinliki, UNISTAFF jamoasi xususiy bandlik agentlik maqomini olmasdan avval bu jamoaning mutaxassislari 200 dan ortiq fuqaroni Arab davlatlari mehmonxona ishlariga, 50 dan ortiq yoshlarni Koreya universitetlariga tahsilga yuborgan. Bundan tashqari, jamoada faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarda koreys tilini o‘rgangan 100dan ortiq yoshlar EPS-TOPIK imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan.

«UZSTAFF-2025» loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston fuqarolarini xorijga ishga joylash jarayonlarini ularning malakasisiz jadallashtirib bo‘lmasligi haqida tushintirishlar olib borish. O‘zbekiston mehnat bozoridagi mutaxassisligi yo‘q va kasb tanlashga qiynalayotgan fuqarolarni xorijda mehnat faoliyati olib borishlari uchun tayyorlash va kafolatli ish bilan ta'minlash.

Bugungi kunda biror kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha tajribasi yetarli bo‘lmay, bir ishni boshini ushlashda ikkilanib turgan yoshlarni xorijda talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar, zamonaviy kasb-hunarlardan biriga tayyorlash loyiha maqsadlaridan biri bo‘lib, «UZSTAFF-2025» loyihasi asosida tayyorlangan yoshlar xorijiy mamlakatlarning xar xil sohalarida bemalol ishlab keta oladilar. Tabiiyki, ular chet ellarda tajriba to‘plab O‘zbekistonga qaytganlaridan keyin ham o‘zlariga munosib ishni topishlari mushkullik tug‘dirmaydi.

Loyiha mualliflari «UZSTAFF-2025» loyihasining ilk qaldirg‘ochlari 2025 yillardan boshlab vatanimizga qaytishni boshlashiga va hozirda har tomonlama jadal rivojlanayotgan davlatimizda o‘sha paytda sezilarli darajada yuzaga kela boshlaydigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni bir qismini minglab «UZSTAFF-2025» loyihasida ishtirok etib qaytgan malakali, yangi tajriba va yangi g‘oyalarga ega kadrlar to‘ldirishiga ishonch bildirmoqda. Loyiha nomi ham aynan shu g‘oyadan kelib chiqqan.

«UZSTAFF-2025» loyihasida kimlar ishtirok etishi mumkin va ular qaysi davlatlarning qanday sohalariga ishga joylashtiriladi?

Loyihaga saralab olingan 18-30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari maxsus ishlab chiqilgan reja asosida tayyorgarliklardan o‘tib Arab davlatlari va Yaponiyada faoliyat olib borayotgan yirik mehmonxona va restoranlarda, IT sohasidagi kompaniyalarda, rivojlangan qishloq xo‘jaligi sektorlarida va UNISTAFF agentligining hozirgi va kelgusi hamkorlarida kafolatli ish o‘rinlari bilan ta'minlanadi.

Loyihada ishtirokchilarni hozircha Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Arab davlatlariga ishga joylash rejasi ishlab chiqilgan va keyingi bosqichlarda Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarga ham bu loyiha tatbiq qilinadi.

Ishonamizki, Arab davlatlarida ishlab qaytgan yoshlarimiz mamlakatimizda turizm rivojlanishiga, Yaponiyada ishlab qaytgan yoshlar esa, IT va og‘ir hamda yengil sanoat rivojiga katta hissa qo‘shadi. Shu boisdan ham «UZSTAFF-2025» loyihasini ilk bosqichini amalga oshirish uchun kelajak kadrlariga Arab davlatlari va Yaponiya mehnat bozori tanlab olindi.

Ishga yuborishni jadallashtirish maqsadida loyihaga Respublikamiz bo‘ylab 50 dan ortiq o‘quv markazlarini va bir nechta xususiy bandlik agentliklarini jalb qilish rejalashtirilgan.

«UZSTAFF-2025» loyihasi 2019 yil uchun birinchi bosqichida ishtirok etib Arab davlatlari (400 ta nomzod) va Yaponiyada (200 ta nomzod) ishlamoqchi bo‘lgan nomzodlarni UNISTAFF agentligi ofislarida 1 iyul kunidan ro‘yxatga olish boshlanadi va nomzodlar yoshi, mutaxassisligiga qarab tanlab olinadi.

«UZSTAFF-2025» loyihasi ma'lumotlar Sall-markazi: +998781290800

Hamkorlik uchun telefonlar: +998732440858, +998732440800

UNISTAFF Bosh ofisi: Farg‘ona shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 29 uy. «AZIYa UZ» supermarketi yonida

Namangan filiali: Namangan sh. A.Navoiy kuchasi, 38 uy. XORIJGA UZ

Toshkent filiali: Toshkent sh. A.Temur prospekti, 99A uy. Radisson Hotel ro‘parasida

Samarqand filiali: Samarqand shahri, Firdavsiy ko‘chasi, STV ro‘parasida

Rasmiy Telegram kanal: t.me/unistaffagency

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: