Toshkent shahri bo‘ylab zamon talablariga javob beradigan 66 mingdan ortiq urnalar o‘rnatiladi. Bugungi kunda «Maxsustrans» IChB hamda Toshkent shahar hokimiyati o‘rtasida mazkur masalada muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga «Maxsustrans» IChB matbuot xizmati xabar berdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/a67Xw7pPjNrfvXerL6ghPy5U01F5NeZV.jpg)
Unga ko‘ra, «Maxsustrans» IChB tomonidan urnalarni o‘rnatish va keyinchalik ulardan chiqindilarni olib ketish ko‘zda tutilgan. Bu borada Toshkent shahar hokimligiga takliflar taqdim etilgan, ular ko‘rib chiqilish jarayonida.
![](https://storage.kun.uz/source/4/PYNV0u5iJZX-_b9jgwKekioMdmrpfJ9f.jpg)
Aytish joizki, «Maxsustrans» IChB tomonidan joriy yilda mahalliy chiqindilar to‘planadigan shoh ko‘chalarga, yerlik mahallalarga, korxona va tashkilotlarga 2018 yil davomida 10 mingdan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi chiqindi qutilari o‘rnatilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida esa 2000dan ortiq o‘rnatilib, shundan 300dan ortig‘i chiqindi surunkali to‘planadigan joylarga o‘rnatilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/UIR5SeYnY8kYROJN1gl3N0wtDencfpwd.jpg)
Shuningdek, Toshkent shahrida yana 10ta zamonaviy yer osti chiqindi yig‘ish maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan. 11ta chiqindi yig‘ish maydonchalari rekonstruksiya qilinadi 220ta chiqindi yig‘ish maydonchalari joriy ta'mirlanadi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/5fVw6aU2SVqw671zK1viYIhOM2KfMFOM.jpg)
Ma'lumotlarga ko‘ra, kuniga mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi yig‘iladi bu 45ta temir yo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun kuniga 240ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.