Har bir inson uzoq ish faoliyati davomida sayohat qilishni istaydi. Ayniqsa, bu sayohat o‘z yaqinlari, oilasi, hamkasblari, do‘stlari bilan bo‘lsa unutilmas bo‘ladi. Rost, shunday kunlar butun umr yodda qoladi.
“Kasaba Samarqand” UK sayyohlik agentligi yurtimiz aholisiga shunday imkoniyatni taqdim etmoqda. Biz sayyohlik agentligining ish faoliyati bilan qiziqdik va agentlik direktori Abbos Hazratqulov bilan bog‘landik.
“Bizning “Kasaba Samarqand” UK sayyohlik agentligimiz Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi qoshida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘ylab o‘z xizmatlarimizni taqdim etmoqdamiz. Yurtimizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Farg‘ona vodiysi va boshqa tarixiy shaharlariga uyushtiriladigan qiziqarli sayohatlar, diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar, muqaddas qadamjolarimizga ziyoratlar, ko‘ngilochar dasturlar chinakam maroqli bo‘lyapti. Shuningdek, tog‘ va tog‘ oldi, suv bo‘yi hududlarida joylashgan Zomin, Chimyon, Bildirsoy, Aydarkul, Chorvoq va shu kabi dam olish oromgohlariga boruvchi sayohatchilar ham ko‘paymoqda. Arzon narx va sifatli xizmat bunga asos bo‘lyapti.
Sayohat davomida zamonaviy transportlar, mehmonxonalar, oshxonalar va malakali gid-ekskursovodlar xizmat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunga kelib, sayyohlik agentligimiz respublikamizning ko‘plab kasaba uyushmalari, tashkilot va muassasalar, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ishlamoqda. Ular o‘z mehnat jamoalarini madaniy hordiq chiqarish maqsadida yurtimiz bo‘ylab sayohatlarga olib chiqmoqdalar. Shuningdek, mahallalardagi faollar, xotin-qizlar qo‘mitalari agentligimizning xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanib kelishadi.
Sayohat narxi sayohatchilar soniga qarab belgilanadi. Qancha ko‘p odam bo‘lsa shuncha arzon bo‘ladi. O‘ttiz besh va undan ortiq kishilik guruhlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar beriladi.
Men o‘zim Urgut tumanida tug‘ilganman. Birgina bizning Qoratepa qishlog‘imizda sayohatchilarni o‘ziga jalb qila oladigan o‘nlab maskanlar mavjud. Bunday joylarni yurtimiz bo‘ylab minglab uchratish mumkin. Biz kelgusida yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil qilishni va mijozlarimizga yanada qiziqarliroq sayohatlarni taklif qilishni rejalashtirganmiz.
![](https://storage.kun.uz/source/4/F8lXb0b9dpEEeBEVlNVucjPKUpRDm50F.jpg)
Manzilimiz: Samarqand shahri, M.Ulug‘bek ko‘chasi 42-uy.
Telefon: +998 93 356-90-08, +998 66 233-09-84
Email: kasabasamarqand@gmail.com
Reklama huquqi asosida