O‘zbekiston Ummonga qovun va shaftoli yetkaza boshladi

Iqtisodiyot 08:30 / 26.06.2019 11894

O‘zbekiston Ummonning xalqaro logistika kompaniyasi ASYAD bilan birga Ummon poytaxti Maskatga ho‘l mevalarning sinov partiyasini yetkazdi. Ayni vaqtda Ummonga samolyot bilan 200 kg ga yaqin shaftoli va qovun yetkazilgan.   

25 iyunda O‘zbekistonning Maskatdagi elchixonasida bu loyihaga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida Ummon O‘zbekistonda yetishtirilgan ho‘l mevalar eksporti uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanishi ta'kidlab o‘tilgan.

Ko‘rgazmada Bahraynning Ummondagi elchisi Juma al-Kabiy, Bahrayn savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi, BAA, Qatar, Atyab foodtech, Al-Hosn, Al Hamdani group kompaniyalari hamda Ummonning bir qator yirik distribyutorlari vakillari ishtirok etishgan. 

ASYAD vakillari o‘zbek meva-sabzavotlarining Fors ko‘rfaziga yetkazilishi va tarqatilishi bo‘yicha xab tashkil etish uchun barcha zarur sharoitlarni taqdim qilishga tayyorliklarini ta'kidlab o‘tishgan.

BAA va Bahrayn vakillari o‘zbek mevalarining ta'mini yuqori baholashgan va o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Ummondan o‘z davlatlariga reeksport qilish istiqbollarini muhokama qilishga tayyorliklarini bildirishgan.

Tomonlar, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishning yangi va samarali yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha fikrlar almashishgan.

Ko‘proq yangiliklar: