DXM to‘rt kun ichida Bektemirdagi 4ta maktabning 1-sinfiga 76 nafar o‘quvchining hujjatini qabul qildi  

Jamiyat 19:22 / 24.06.2019 5063

Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab maktablarga qabul qilish Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligining yagona darcha markazi orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon Bektemir tumanida ham tuman xalq ta'limi bo‘limi hamda davlat xizmatlari markazi hamkorligida namunali tarzda yo‘lga qo‘yildi. 

Tuman xalq ta'limi bo‘limi tomonidan tayinlangan ishchi guruh qabul jarayonida ota-onalar duch kelgan ba'zi savollarga qonun doirasida yechim topishmoqda. Tumanda joriy yil uchun 1-sinfga qabul kvotasi 560 nafarni tashkil qiladi. Qabul jarayonlari 20 iyundan boshlandi va shu kunga qadar tumandagi 4 ta maktabning 1-sinfiga 76 nafar o‘quvchining hujjati markaz tomonidan qabul qilindi. 

“Yangi tartib bo‘yicha maktabga qabul davlat xizmatlari markazi orqali amalga oshirilishi qonun ustuvorligini ta'minlashning to‘g‘ri usullaridan biri bo‘ldi deb o‘ylayman.Farzandimni o‘zim yashaydigan hududdagi maktabning 1-sinfiga qabul qilinishi uchun hujjat topshirdim.Ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, bir soatga qolmasdan ishimizni bitirdik. Bu hammamiz uchun ayni muddao bo‘lganligi shundan ham ma'lum”, deydi hujjat topshirish uchun kelgan onalardan biri Dilso‘z Astanova.

Avvalroq xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov maktablarga qabulning yangi tizimi bo‘yicha bir necha marta tushuntirishlar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: