Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 400dan ziyod yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/4/unfdIGIY490kEgUYZGEf6s9e0QEEVLTx.jpg)
Uchrashuvda viloyatning yetakchi tadbirkorlari, aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bugungi kunda viloyat aholisining 55,5 foizini yoshlar tashkil etayotgani, jami tadbirkorlik sub'yektlarining 30 foizdan ortig‘ini yoshlar boshqarayotgani qayd etildi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/r_5KeRq6_iu29Fi9hVom-pgU9trs9SVx.jpg)
«Muvaffaqiyatga erishish sirlari» mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda tajribali tadbirkorlar yoshlarga muvaffaqiyatga erishishning omillari haqida o‘z hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda so‘zlab berdi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/brvf8SLMFV7WVxYtD5iESU7CUAZD7E4K.jpg)
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, tashvishga solayotgan muammolar yuzasidan viloyat hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga amaliy javoblar olishdi. Ular tomonidan ilgari surilgan tashabbus va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/_X4c1kjlcxwaJY78PNYTCL8djqUPCsxo.jpg)
Uchrashuvda muvaffaqiyatga erishib kelayotgan bir guruh yosh tadbirkorlarga, shuningdek, eng yaxshi tashabbus bilan chiqqan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.