Shvetsiyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Jamiyat 15:50 / 24.06.2019 9084

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda joriy yil 21 iyun kuni 35 yashar O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi ma'lum qildi.

Hozirgi vaqtda mahalliy politsiya o‘lim sababini tekshirmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi bu xabar yuzasidan ma'lumot berdi.

«Mamlakatimizning Berlin shahridagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, Shvetsiyaning Stokgolm shahrida 2019 yil 21 iyun kuni 10.09.1983 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Akmalxon Cho‘liyev ijaraga olingan kvartirada vafot etgan. 

Hozirgi vaqtda mahalliy politsiya o‘lim sababini tekshirmoqda. 

Elchixona Shvetsiya politsiyasiga mazkur holat bo‘yicha ma'lumot taqdim etishni so‘rab rasmiy talabnoma jo‘natdi va marhum jasadini vatanga keltirish masalasi yuzasidan o‘zbek diasporasi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. 

Konsullik-huquqiy departamenti A.Cho‘liyevning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Germaniya (Berlin, Brandenburg, Bremen, Quyi Saksoniya, Hamburg,  Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anhalt,  Shlezvig-Holshtayn, Tsyuringiya), Shvetsiya, Shveytsariya va Chexiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Berlin shahridagi elchixonasi bilan +49-30-39-40-98-55,  +49-30-39-40-98-30 telefon raqamlari orqali bog‘lanishlari mumkinligini eslatadi», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: