Rossiya Shimoliy floti kemalari Kubaning Havana portiga kirdi

Jahon 22:37 / 24.06.2019 20291

"Sovet ittifoqi floti admirali Gorshkov" fregati boshchiligidagi Rossiya Shimoliy floti kemalari otryadi Havana portiga kirib keldi. Bu haqda Shimoliy flot matbuot xizmati boshlig‘i Vadim Serga xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, "Admiral Gorshkov" fregatiga Rossiyaning Kubadagi elchisi Andrey Guskov hamda Kuba qurolli kuchlari qo‘mondonligi vakillari chiqishlari rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, kemalar otryadi 26 fevralda Severomorskdan yo‘lga chiqqan. Kemalar jami 28 ming dengiz milyasini bosib o‘tgan.

Rossiyalik dengizchilar Kubaga yetib kelguniga qadar Jibuti va Kolombo portlariga hamda Xitoyning Tsindao portiga kirishgan. Bundan tashqari, kemalar Ekvadorning Puerto-Bolivar portida ham to‘xtab o‘tgan. Otryad o‘tgan haftada Panama kanali orqali Karib dengiziga o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: