O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 25 iyundan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 26,60 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8562,34 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
1 yevro kursi 165,96 so‘mga qimmatlab, 9731,96 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 2,77 so‘mga qimmatlab, 135,34 so‘mga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Ma'lumot uchun, 2019 yil 25 iyun holatiga:
- Eng kam ish haqi miqdori — oyiga 202 730 so‘m;
- yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 so‘m.