Bugun, 23 iyun kuni Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Qo‘yliq bozoriga tashrif buyurdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qildi.
Tashrif davomida shahar hokimi oziq-ovqat narxlari bilan tanishgan, shuningdek, bozor hududida tartib va tozalikka qay darajada rioya etilishini kuzatgan.
«Hokim mahsulotlar assortimentlarini ko‘zdan kechirdi, shuningdek narxlar bilan qiziqdi. U bozor hududidagi holatga va obodonlashtirish ishlariga ham e'tibor qaratdi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ortiqxo‘jayev bozorda sotuvchilar va xaridorlar bilan suhbatlashgan.
Qo‘yliq bozoriga tashrifidan keyin hokim Chorsu bozorida ham bo‘lgan.