Qashqadaryolik va navoiylik maktab bitiruvchilariga oltin medallar topshirildi

Jamiyat 21:57 / 21.06.2019 6855

Qarshi shahridagi «Vatanparvarlar» bog‘ida Qashqadaryo viloyatidagi umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallar bilan bitirgan bir guruh o‘quvchilar tantanali taqdirlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Tadbirda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar har taraflama barkamol, chuqur bilimga ega yosh avlodni tarbiyalab, kamolga yetkazishda muhim omil bo‘layotganini ta'kidladi.

Joriy o‘quv yilida viloyatdagi 1117 umumta'lim maktablarining 11-sinfini 32 ming 501 nafar yigit-qiz muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma oldi, — deydi viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Jo‘rayev. — Ularning 206 nafari oltin va 283 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, viloyat umumta'lim maktablarini bitirgan 883 nafar o‘quvchilarga a'lo darajali kasb malaka diplomi topshirildi.

Navoiy viloyatida esa 358 ta umumta'lim maktabini joriy yilda 10 ming 138 nafar o‘quvchi bitirib, yetuklik attestatini qo‘lga olishdi. Ulardan 58 nafari oltin, 79 nafari esa kumush medali bilan taqdirlandi. Navoiyda maktabni yuksak natija bilan tugatgan bitiruvchilar va viloyat hokimi uchrashuvi 25 iyun kuniga mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: