Qarshi shahridagi SMART o‘quv markazi eksklyuziv va qulay ta’lim dasturini taklif etadi

Jamiyat 12:20 / 21.06.2019 2716

2019 yilning mart oyidan boshlab Qarshi shahrida faoliyat yuritib kelayotgan va zamonaviy sharoitlarga ega SMART o‘quv markazi shov-shuvli yozgi chegirmalarni e’lon qiladi.

Bu professional ta’lim olish istagida bo‘lgan kishilar uchun ajoyib imkoniyatdir. Shuningdek, SMART o‘quv markazi zamonaviy, har tomonlama qulay va sifatli ta’lim dasturini taqdim etadi.

Mavjud kurslar: Ingliz tili, rus tili, kimyo, biologiya, matematika, ona tili va tarix. Barcha o‘qituvchilar professional malakaga ega bo‘lib, o‘quvchilarning o‘z vaqtida, muntazam ta’lim olishi va darslarni sifatli o‘zlashtirishiga kafolat beriladi.  

Bu yerda ingliz tilini bilish darajasini anglatuvchi bugungi kundagi ommabop milliy va xalqaro sertifikatlarni olishga tayyorgarlik ko‘rish mumkin:

  • IELTS
  • Toefl ibt
  • SAT
  • CEFR B1, B2

Smart Sunday – har yakshanba kuni o‘tkiziladigan maxsus dastur bo‘lib, barcha o‘quvchilarni erkin ta’lim soatlariga taklif etadi:

  • Movie Club – xorij tilidagi filmlarni tomosha qilish va fikr almashish soati.
  • Speaking Club – so‘zlashuv soati.

Academic Support (hafta davomida o‘zlashtirishga ulgurmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha dars tashkil etiladi va o‘qituvchi tomonidan har kuni o‘tilgan mavzular takroran o‘tib beriladi).

Smart Taxi – o‘quvchilarning yo‘llarda transport kutib qolishlari ehtimolini kamaytirish hamda manzillarni yaqin qilish uchun markaz hisobidan maxsus taksi xizmati mavjud. Endi o‘qishga qatnov yanada ishonchli va tezkordir.

Markazda ingliz tili darslari chet elda ta’lim olgan va malaka oshirgan professional o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Shuningdek, markaz barcha zamonaviy talablarga javob bergan holda barcha shinam jihozlar, konditsionerlar, televizor, wi-fi, so‘nggi urfdagi xona uskunalari bilan jihozlangan. Kutubxona va oshxona ham mavjud. 

Ota-onalar farzandlari davomati va o‘qish jarayonini nazorat qilishi uchun maxsus kuzatuv kameralari ham o‘rnatilgan. 

Yana bir qulaylik: Bolalar uchun alohida ingliz tili xonasi mavjud. Haftada uch marta intensiv kurslar tashkil etiladi.

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 315-uy.

Mo‘ljal: «Vatanparvar» bog‘i yonida, Qarshi SheTK ro‘parasida.

Telefonlar: +99895 506 02 02, +99894 337 02 02

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: