«Bek» innovatsion xususiy maktabi yangi o‘quv yiliga qabul e'lon qiladi

Jamiyat 09:00 / 21.06.2019 26421

«Bek» boshlang‘ich va o‘rta ta'lim maktabida yangi 2019-2020 o‘quv yiliga qabul boshlandi.

Maktab – har bir bola hayotidagi rivojlanishning eng muhim bosqichlaridan biri. Aynan maktab paytida, bolada dunyoqarash, mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyati shakllanadi. Boshlang‘ich ta'lim – bu nafaqat o‘tilishi shart bo‘lgan predmetlar kursi, balki bolalar bir-biridan o‘rganadigan va muloqot qiladigan haqiqiy madaniy uyushma hamdir.

«Bek» xususiy maktabi 2014 yildan beri faoliyat olib boradi. Besh yillik tajriba natijasida, yangi maktabda ajoyib professional o‘qituvchilar tarkibi va ta'lim jarayoniga unikal yondashuv shakllantirildi. Muallimlar o‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlarga hurmat ko‘rsatadilar va ularni e'tiborga oladilar. Axir, bola – ta'lim jarayonining teng huquqli ishtirokchisi. «Bek» maktabi – bolalar o‘zlarini kerakli va ahamiyatli his qiladigan, fikrlashga, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalashga va qaror qabul qilishga o‘rganadigan butun bir olam.

«Bek» maktabining o‘quvchilari hozirda matematika va ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiadalarning ko‘p sonli laureatlari bo‘lishga ulgurishdi. Bo‘lajak bitiruvchilar esa tanlangan oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlanish uchun individual mashg‘ulotlar o‘tadilar. «Bek» maktabining maqsadi – har bir bolaga yaxshi ta'lim berish va uning dunyoqarashini kengaytirish, ilmga qiziqishini rivojlantirish, mas'uliyatli va yetuk avlodni tarbiya qilish.

«Bek» maktabining asosiy afzalliklari:

  • Ish tajribasi 10 yildan ortiq malakali o‘qituvchilar tarkibi;
  • Tabiiy fanlar – fizika, kimyo, biologiya laboratoriyalaridagi zamonaviy jihoz va uskunalar;
  • Bolalarni xalqaro olimpiadalarda qatnashishga tayyorlash;
  • Uch martalik ovqatlanish.

«Bek» maktabi o‘qituvchilari – tug‘ma iste'dod egalari bo‘lib, ular har bir o‘quvchi bilan ishlashga katta e'tibor va mas'uliyat bilan yondashadilar. Maktabimizda katta fan doktorlari va yosh innovator o‘qituvchilar uyg‘un hamkorlikda faoliyat yuritadilar va turli xalqaro seminarlarda malakalarini oshiradilar. Dunyo hozirda jadal sur'atlarda rivojlanmoqda, shuningdek, yangi avlod ham shunday tezlikda o‘smoqda va hayot sabog‘ini olmoqda. Bolaning har tomonlama yetuk rivojlanishi uchun maktabda yangi bilimlarni egallash va mustaqil ishlashga o‘rgatuvchi, innovatsion ta'lim uslublari qo‘llanilmoqda. 

Yangi o‘quv yilida maktab jahon standartlariga mos holda loyihalashtirilgan zamonaviy o‘quv binosiga ko‘chib o‘tadi. Maktab hududida barcha zarur jihozlarga ega sport maydonchasi, dam olish zonasi, kichik maktab bolalari uchun esa o‘yingoh mavjud. Barcha o‘quv xonalari kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bunday muhitda bolalar o‘zlarini qulay his qiladilar va yangi bilimlarni zavq bilan egallaydilar.

Ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qiling:

71 222 32 93

71 234 49 08

71 256 50 58

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: