YHXB Samarqand shahrida profilaktika tadbirlari o‘tkazmoqda

Jamiyat 12:00 / 20.06.2019 5132

Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jami 1957ta qoidabuzarliklar aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Viloyat IIB Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, tezkor-profilaktik tadbirlar IIB xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etilgan. 

Qayd etilishicha, 11-17 iyun kunlari o‘tkazilgan mazkur tadbirlar samarasi o‘laroq, shu muddat mobaynida Samarqand shahri hududida yo‘l-transport hodisasi qayd etilmagan. 

Shunga qaramay, tadbirlar davomida, 999ta transport vositasi jarima maydonlariga qo‘yilgan. 1318ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 15ta mast holda transport vositasini boshqarish, 620ta tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish, 186ta svetofor va chorrahadan o‘tish qoidasini buzish, 26ta YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik, 198ta majburiy sug‘urta polisisiz avtomashina boshqarish, 14ta davlat raqam belgisisiz avtomashina boshqarish, 21ta tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o‘rnatish, 213ta odam tashish qoidasini buzish, 664ta boshqa turdagi qoidabuzarliklar aniqlangan. 

 

Ko‘proq yangiliklar: