Roman Abramovich Isroildagi eng qimmatbaho villani sotib olishni rejalashtirmoqda – OAV

Foto: Mixail Metsel /TASS
Milliarder Roman Abramovich Isroildagi eng qimmatbaho villani 64 mln dollarga sotib olmoqchi. Villa Tel-Avivdan 15 km uzoqlikda joylashgan Gersliya-Pituax shahrida joylashgan. Bu haqda Calcalist nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Abramovich 0,9 gektar maydonda joylashgan 2 ming kvadrat metrlik uyni 3 oy oldin ijaraga olgandi, shundan keyin bu uyni sotib olishga opsionni imzolagan. Bitim Gersliya-Pituaxda 2006 yilda ikkita yer maydonini sotib olib, so‘ngra ularni birlashtirib, unda ushbu uyni qurgan milliarder Alan Govard bilan tuzilgan.
Calcalist’ning ta'kidlashicha, bu villa 2018 yil may oyida Isroil fuqaroligini olgan Abramovichning Isroildagi birinchi yirik ko‘chmas mulk obekti bo‘lmaydi. Tadbirkor 2015 yilda Tel-Avivning janubidagi Neve-Tsedek tumanidagi “Varsano” mehmonxonasi va unga yondosh 1,5 ming kvadrat metr maydonni 25 mln dollarga sotib olgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, milliarder u yerda villa qurishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid

19:11
HAMAS garovdagi isroillikni ozod etishga va to‘rt kishining jasadini qaytarishga rozi bo‘ldi

23:14 / 12.03.2025
Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

21:06 / 10.03.2025