Arab davlatlari TIV rahbarlari G‘azoni qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda - OAV
Qatar, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya va Misr tashqi ishlar vazirlari Dohada AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Foto: Reuters
Al Arabiya telekanalining ma’lum qilishicha, muzokaralar HAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaro sabab G‘azo sektorini qayta tiklash masalasiga bag‘ishlangan. Bundan tashqari, tomonlar anklavni boshqarish bo‘yicha qo‘mita tuzish bilan bog‘liq masalalarni ham muhokama qilmoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maslahatlashuvlarda, shuningdek, Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi kotibi Husayn ash-Shayx ham ishtirok etmoqda.
Oldinroq Misr TIV respublika tashqi ishlar vaziri Badr Abdulatiy Dohada Qatar bosh vaziri va TIV rahbari Muhammad bin Abdul Rahmon Al Tani bilan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bitimini muhokama qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Shuningdek, Qatar poytaxtida HAMAS delegatsiyasi Qatar, Misr va AQSh vakillari bilan G‘azo masalasi bo‘yicha tinchlik sulhining ikkinchi bosqichini amalga oshirish masalasini muhokama qiladi. Binyamin Netanyahu kanselyariyasi muzokaralar o‘tkazish uchun Isroil delegatsiyasi 10 mart kuni Qatarga borishini e’lon qilgandi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatiga «oxirgi ogohlantirish» berib, garovga olinganlarning barchasini zudlik bilan ozod qilishni talab etgan edi. Biroq harakat bu tahdidni e’tiborsiz qoldirib, Isroil bilan kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tilmaguncha hech kim ozod etilmasligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

13:23 / 12.03.2025
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025