Suriyadan qaytarilgan surxondaryolik ayolga yangi uy-joy berildi

Jamiyat 18:32 / 19.06.2019 12951

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 30 may kuni Suriyadagi qurolli to‘qnashuvlar hududidan yurtimizga qaytarilgan 156 nafar ayollar va bolalarning, shuningdek, 31 may kunidagi farmoniga asosan afv etilib, jazoni o‘tash joylaridan ozodlikka chiqarilgan bir guruh mahkumlarning jamiyatga moslashishlari, ta'lim va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoit yaratish, boshpana va ish bilan ta'minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, surxondaryolik 3 nafar ayolning 2 nafariga hozirda tibbiy, psixologik va sotsiologik yordam ko‘rsatilmoqda. Viloyatga keltirilgan bir nafariga esa ko‘p qavatli uy-joydan barcha sharoitlarga ega 2 xonali kvartira ajratildi. Bog‘cha yoshidagi katta farzandi maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirildi. Ayolga ishsizlik nafaqasi  tayinlandi hamda zamonaviy tikuv mashinkasi, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Shuningdek, prezident farmoniga asosan afv etilib, jazoni o‘tash joylaridan ozodlikka chiqarilgan termizlik O.Sanonovaning bandligini ta'minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordamlashish maqsadida unga zamonaviy tikuv mashinkasi sovg‘a qilindi. Hovlisida issiqxona tashkil etish uchun tijorat bankidan imtiyozli kredit ajratish choralari ham ko‘rilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: