Fransiyada Chaddagi isyonchilar rahbari qo‘lga olindi

Jahon 17:20 / 17.06.2019 3918

Fransiyada Chaddagi isyonchilar yetakchisi general Mahamat Nuri insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Alwihda Info portali xabar berdi.

General Nuri Chad hukumatida bir necha bor turli lavozimlarni, xususan, mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri lavozimlarini egallagan.

2006 yilda general mamlakat prezidenti Idris Debi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan va qurollangan muxolifatga rahbarlik qilgan. 2008 yil fevralda Nuri boshchiligidagi qurollangan guruh Chad poytaxtiga hujum qilgan, ammo chekinishga majbur bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: