Pragada Yevropadagi o‘zbekistonliklar o‘rtasida futbol turniri o‘tkazildi

Sport 19:21 / 14.06.2019 3446

Yevropa davlatlarida yashayotgan, mehnat qilayotgan va ta'lim olayotgan o‘zbekistonlik yurtdoshlar o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan futbol turniri bu yil ham davom ettirildi.

«Davra» nomidagi o‘zbek-nemis madaniy jamiyati tashabbusi bilan 2019 yil yettinchi marta tashkil etilgan «Yevropadagi o‘zbeklar o‘rtasidagi futbol turniri»da Yevropaning turli davlatlarida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan 200 nafardan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.

Musobaqada FC Nihol, FC Kosonsoy, FC Turin Munchen, FC Mahalla Prague, FC Olympia Munchen, FC Milliy, FC Munchen, FC Dortmund, FC Bayern Munchen, FC Prague Mahalla 2006, FC Zarba Munchen, FC MBA, FC Irrigator va FC Istiqlol jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

Unda birinchi o‘rinni FC Munchen, ikkinchi o‘rinni FC Dortmund, uchinchi o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining FC Irrigator jamoasi egalladi.

«Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xorijda yashayotgan vatandoshlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, samimiy va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishdir», deyiladi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti matbuot xizmati xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: