O‘zbekistonda kovorking-markazlari shiddat bilan rivojlana boshladi. Nima sababdan GroundZero kelajak ofislari bozorida yetakchilik qilishini bilib oling

Jamiyat 09:00 / 12.06.2019 4896

«Kovorking» – mamlakatimiz uchun yangi so‘z. Ingliz tilidan tarjima qilinganda «hamkorlikdagi ish» degan ma'noni anglatadi. Siz buni qanday tushunasiz?

Hikmat Abdurahmonov: Ko‘p hollarda  kovorking – markazlari minglab yangi g‘oyalar tug‘iluvchi va sinovdan o‘tuvchi jismoniy maydondir. Unda mentorlar chiqishi, tanlovlar, muhokamalar o‘tkaziladi; g‘oyalar yana mukammallashtirish va yangi iqtisodiyotning ochiq va raqobatbardosh qismiga aylantiriladi. Kovorkinglar eng iqtidorli insonlar maydoniga aylanmoqda: kreativ frilanserlar, top-menedjyerlar, yetakchi tadbirkorlar va investorlar. Barcha ishtirokchilar birgalikda texnologik davrdan uzoq bo‘lgan rasmiy ishchi doiralar o‘rniga yangi, faol biznes-hamjamiyatini shakllantirishadi.

Hikmat Abduraxmonov, HUMO Partners asoschilaridan biri

Ko‘pincha odamlar «ofis» va «kovorking»ni adashtirishadi. Ularning farqi nimada va qaysi birida afzalliklar ko‘p?  

Vitaliy Xan: Ofis bilan taqqoslaganda aniq iqtisodiy foydadan tashqari, biz o‘z rezidentlarimizga kovorkingda qulaylikni ta'minlovchi va umuman olganda, biznesni rivojiga hissa qo‘shuvchi qo‘shimcha qiymatlar va imkoniyatlarni taqdim etamiz.

Rezidentlarni tashkiliy jarayonlarga bog‘liq bo‘lgan muammolar bezovta qilmaydi. Har bir ish joyi kanselyariya vositalari, texnik uskunalar va boshqalar kabi faoliyat uchun barcha zarur bo‘lgan  narsalar bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, biz rezidentlar biznesi rivoji uchun zarur bo‘lgan yuridik va moliyaviy maslahatlar ham ko‘rsatamiz. Rivojlanishga qaratilgan trening va tadbirlarni o‘tkazamiz, yangi insonlar bilan tanishishga va biznes-hamjamiyatda aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashamiz. Bizda tadbirkorlik muhiti, yoqimli musiqa va ajoyib kayfiyat hukmronlik qiladi. Samarali ish uchun bundan ortiq yana nima kerak?

GroundZero tarmoqlari rahbari Vitaliy Xan

So‘nggi 2 yil ichida Toshkentda 5 filiallar ochildi. Tarmoqni kengaytirish jarayoni va asosiy yutuqlar haqida to‘xtalib o‘tsangiz.

Muzaffar Kasimov: Barchasi boshlanganida kovorking shu darajaga yetishadi, deb hech kim o‘ylamagan edi. Bir necha yillar avval u haqda juda ham tor doiradagi insonlar guruhi – xorijliklar va Toshkentning ilg‘or tadbirkorlari xabardor edi.  

Hozir esa biz nimaga erishdik? «Kovorking» mo‘jizaviy so‘zga aylanib, urfga kira boshladi, bu so‘zni barcha ishlatmoqda: davlat xizmatchilari, yoshlar, tadbirkorlar.

Muzaffar Kasimov, HUMO Partners asoschilaridan biri

Shu bilan birga, GroundZero’ning birinchi yilida 15 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi, jumladan turli mavqedagi mansabdor shaxslar – vazirlar, elchilar, viloyat hokimlarini ham uchratish mumkin edi. 300 ga yaqin tadbirlar tashkil etildi. Biz kovorking-markazlari  tarmoqlarini 5 ta filiallargacha kengaytirdik. O‘ylashimcha, 2019 yil oxiriga kelib ular soni 8 taga yetadi.

Shuningdek, biz xalqaro aloqalarni ham faol tarzda rivojlantirmoqdamiz: butun dunyo tadbirkorlarini yagona ekotizimga birlashtiruvchi Global tadbirkorlik tarmog‘i (GEN)ning O‘zbekistondagi vakili bo‘lish huquqiga erishdik. Biznes, startap, madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha Youth Business Uzbekistan, Djangogirls, Netvorking-iventlar, mahorat-darslari, Vorkshoplar, Biznes–inkubator, Startup Weekend, SCO tanlov, Creative Business Cup, Seedstars World, Techstars Biznes-kurslar kabi dasturlar bilan aloqalarni o‘rnatdik.  

GroundZero Olmazor 5-filialning ochilishi

Aytingchi, GEN faoliyatining asosini nima tashkil etadi?

Shuhrat Azimov: GEN – Global Entrepreneurship Network (Global tadbirkorlik tarmog‘i) global tadbirkorlik ekotizimini yaratishga yo‘naltirilgan qator dasturlar va tashabbuslarni taqdim etadi. GEN jahonning 160 mamlakatlarida (jumladan, O‘zbekistonda ham) yosh tadbirkorlarga o‘z salohiyatlarini ko‘rsatish va xalqaro maydonga chiqishga imkon beradi, bu esa o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. 2017 yildan boshlab, O‘zbekiston Global tadbirkorlik haftaligida ishtirok etishni boshladi, GroundZero bilan hamkorlikda 60dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi.

Shuhrat Azimov, GEN Uzbekistan ijrochi direktori

31 may kuni  GroundZero tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan Startaplar tanlovining (EWC) yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Final ishtirokchilariga mazkur g‘alaba qanday imkoniyat hadya etadi?

Muzaffar Kasimov: G‘oliblar 2019 yil noyabr oyida Saudiya Arabistonidagi Yentrepreneurship World Cup xalqaro finalida O‘zbekistonni namoyish etishadi. Bundan tashqari, jamoaga loyiha rivoji uchun onlayn-obuna va xizmatlarga 500 000$ ajratiladi. Bu g‘alaba ishtirokchilarga o‘zini namoyish etishda va xalqaro biznes-hamjamiyat e'tirofini qozonishda ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

24 may 2019 yil prezidentmiz Shavkat Mirziyeyov GroundZero Olmazor kovorking-markaziga tashrif buyurdi

Joriy yilning 24 may kuni GroundZero tarmog‘ining Olmazor filialiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tashrif buyurdi. Siz uchun ushbu tashrif qanchalar ahamiyatga ega?

Hikmat Abduraxmonov: Biz uchun Prezident bilan uchrashuv – bu birinchi navbatda kovorkingni davlatimiz rahbari darajasida tan olinishidir. Bizning davlat boshqaruvi tizimimiz qanday ishlashini, bu kabi uchrashuvlarga qanday puxta tayyorgarlik ko‘rilishini tasavvur qilishingiz mumkin. Endi biz kovorking tushunchasi barchaga tanish, deb ayta olamiz. Biz bosh vazir, davlat maslahatchisi, vazirlar, deputatlar, senatorlar, mutlaqo barcha soha vakillari bilan uchrashdik. Va men aynan shunday bo‘lganidan judayam mamnunman. Men davlatimiz rahbari bilan muloqotga tayyorgarlik u bilan o‘tkazilgan uchrashuv kabi juda muhim bo‘lganligini o‘zim uchun tahlil qildim.  Axir kovorkinglar tadbirkorlik, KO‘B (kichik va o‘rta biznes) rivojida asosiy rol o‘ynaydi. Aynan navbatdagi eshelonlar vakillariga mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun kovorkingning jonli qudrati nimada ekanligini anglatish muhim edi. 

Kovorkinglar jamiyatga qanday foyda berishi mumkin?

Hikmat Abduraxmonov: Aynan mana shu savolda batafsil to‘xtalib o‘tmoqchiman. Bo‘lajak biznesmen va iqtisodchi sifatida. Ta'limim bo‘yicha biznesmen va iqtisodchi bo‘lsa ham, men o‘zim ularning biznes-hamjamiyat yaratishda, tadbirkorlikning eksponensional o‘sishida qanchalik kuchli ta'sirga ega ekanligini endi tusha boshlayapman. Tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunlar o‘rtasida barqaror aloqalar va uzviylikni ta'minlashga yordam beruvchi ko‘plab metodologiyalar mavjud. Biznes uchun ideal muhit yaratish chog‘ida infratuzilmalar, kichik va o‘rta biznes uchun qarorlar hamda kreditlar bilan cheklanib qolmasdan, tadbirkorlik madaniyati, muvaffaqiyat tarixi, sinab ko‘rish va xato qilish – odatiy hol bo‘lgan rolli modellarni yaratish bo‘yicha boshqacha yondoshuvlarni shakllantirish katta ahamiyatga ega. 

GroundZero'ni bir yil yoki 5, 10 yildan keyin nima kutmoqda?

Hikmat Abduraxmonov: Kelajakka bo‘lgan nuqtai-nazarimni bo‘lishgan holda shuni ayta olamanki, iqtisodiyot rivojlanishi bilan bir qatorda ixtisoslashtirilgan kovorkinglar vujudga kela boshlaydi: bular yengil sanoat, servis yo‘nalishlari uchun, hattoki moliyaviy texnologiya (fintech) va chuqur AT yo‘nalishlari uchun ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda universallari ham rivojlanib boradi. Shu vaqtgacha biz Bandlik vazirligi, Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirib keldik. Men Toshkent va viloyatlar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirishni istagan bo‘lar edim. Buning uchun viloyatlarda tadbirkorlar o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashish imkonini beruvchi yangi formatdagi muloqotlar uchun maydonlar kerak.  Axir hanuzgacha bunday imkoniyatlar mavjud emas. Ekotizimda yetishmaydigan komponentlar institutsional tarzda shakllana boshlashini juda ham xohlayman. Bular aynan: yuqori xavflar (Venture fund, Business Angels) bilan ishlashga tayyor xususiy OTMlar, kapital bozorlari. Reytinglarni hisoblay boshlash, biznesni amalga oshirish uchun O‘zbekiston shahar va viloyatlari jozibadorligini taqqoslash hamda ular o‘rtasida raqobatni vujudga keltirish lozim. Mavjud islohotlar bilan bir qatorda, xususiy mulk va bozor iqtisodiyotining boshqa fundamental asoslari ahamiyatini oshirish bilan birga, biznes va boshqaruvchilar (ijro etuvchi organlar, vazirlik va idoralar) o‘rtasida KO‘B va tadbirkorlik uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratishi lozim bo‘lgan muloqotni o‘rnatishda katta ishlar amalga oshirilishi lozim. Shunda O‘zbekiston butun dunyodan iqtidorli insonlarni, tadbirkorlarni va investorlarni o‘ziga torta boshlaydi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: