Mahalladan ma'lumotnoma olishni qayta tiklash taklif etildi

Jamiyat 18:20 / 11.06.2019 8818

10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda qator OAV vakillari mutasaddilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Tadbirda ishtirok etgan «Xazina kaliti» gazetasi muharrriri va «Qatortol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Parda Ergashev so‘z oldi va quyidagi taklifni bildirdi:

– Men raislik qilayotgan mahallada 5 500 nafar aholi mavjud. Bundan tashqari hisob-kitob qilib ko‘rsak, 2 800 nafardan ortiq ijarada yashovchilar borligi aniqlandi. Biz ularning aksariyatini tanimaymiz, u uylarga kim kirib chiqayotganini bilmaymiz. Shuning uchun menda bir taklif bor – mahalladan ma'lumotnomalar berish amaliyotini qayta tiklash kerak. Shunda hudud aholisi va mahalla o‘rtasida aloqa bo‘ladi. Bundan tashqari ijara shartnomalarini ham uch tomonlama qilish, ya'ni uchastka noziri ro‘yxatidan ham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerak.

Ko‘proq yangiliklar: