Chexiyada O‘zbekiston fuqarosi baxsiz hodisa natijasida halok bo‘ldi

Jamiyat 18:33 / 11.06.2019 15704

Chexiyada 8 iyun kuni qurilish maydonida temir plitaning qulashi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi 1964 yilda tug‘ilgan Alijon Urajbekov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Berlin shahridagi elchixonasi bergan ma'lumotga tayanib Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur fakt konsullik-huquqiy masalalarini joyida hal qilish uchun Chexiyaga borgan elchixona xodimiga politsiya tomonidan tasdiqlandi.

Tergov ishlari bilan Chexiya kriminal politsiyasi shug‘ullanmoqda.

“Ayni paytda Praga shahridagi dafn qilish agentligi bilan birgalikda marhum hamyurtimizning jasadini O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlik amalga oshirilmoqda”, deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi va Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya va Chexiya hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Berlin shahridagi elchixonasiga +49-30-3940980 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: