Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (BUT) 2019-2020 o‘quv yili uchun abituriyentlarning 2-qabulini boshladi

Jamiyat 09:00 / 10.06.2019 21265

Toshkent shahridagi Puchon Universiteti, bir yil oldin o‘zining 60 yilligini nishonlagan Janubiy Koreyadagi Puchon Universiteti (Bucheon University)ning filiali hisoblanadi. Toshkentda BUT 2018 yilda ochildi. Ilk qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini yakunlashmoqda. 

Professor va o‘qituvchilarning asosiy tarkibi Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi) va O‘zbekiston Respublikasining yetuk mutaxassislaridan tashkil topgan. Universitetda o‘qish koreys ta’lim tizimiga asoslangan va o‘quv dasturi Puchon Universitetidan (Koreya) olingan.

2019 yil 10 iyundan Toshkent shahridagi Puchon Universiteti (BUT) 2019-2020 o‘quv yili uchun abituriyentlarning 2-qabuli boshlanadi va 2019 yil 5 iyulgacha davom etadi.

Fakultetlar va o‘quv tizimlari:

Maktabgacha ta’lim (3+1) – Kunduzgi va kechki. 

1. BUT da 3 yillik ta’lim olish, uni yakunlagandan so‘ng BUT bakalavr diplomi beriladi.

2. To‘rtinchi kurs Puchon universitetida (Koreya Respublikasi) bo‘ladi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagandan so‘ng Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi.

Koreys tili va menejmenti (2+2) 

1. BUT da 2 yillik ta’lim olish ikkita diplom bilan yakunlanadi: Associate bachelor degree BUT (mutaxassis bakalavr diplomi) va Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi) Associate bachelor degree diplomi beriladi.  

2.1. Agar talaba o‘qishni keyingi ikki kursini Toshkentda davom ettirmoqchi bo‘lsa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugallaganidan keyin BUT bakalavr diplomi beriladi.

2.2. Agar talaba o‘qishni keyingi ikki kursini Janubiy Koreyadagi Puchon Universitetida davom ettirmoqchi bo‘lsa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganidan so‘ng Puchon Universiteti bakalavr diplomi beriladi.

Arxitektura yo‘nalishi (3+1)

1. BUT da 3 yillik ta’lim olish ikkita diplom bilan yakunlanadi: Associate bachelor degree BUT (mutaxassis bakalavr diplomi) va Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi) Associate bachelor degree diplomi beriladi.  

2.1. Agar talaba o‘qishning to‘rtinchi kursini Toshkentda davom ettirmoqchi bo‘lsa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugallagandan keyin BUT bakalavr diplomi beriladi.

2.2. Agar talaba o‘qishning to‘rtinchi kursini Janubiy Koreyadagi Puchon Universitetida davom ettirmoqchi bo‘lsa, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatganidan so‘ng Puchon Universiteti (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi.

Qabul komissiyasi

Yangi o‘quv yiliga qabul jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi: 

Birinchi bosqich – hujjatlar qabul qilish jarayoni 2019 yil 10 iyundan 5 iyulgacha davom etadi. 

Hujjatlarni offlayn topshirish «HAGWON» o‘quv markazida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Afrosiyob ko‘chasi, 6-uy.
Mo‘ljal: «Marvarid» («Jyemchug») do‘koni, «Sal Sal» restorani orqa tarafida.
Ish vaqti: dushanba-juma kunlari, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Hujjatlarni onlayn topshirish (viloyatlardan topshiruvchilar uchun) anketani www.but.uz saytida to‘ldirish va kerakli hujjatlarning skanerlangan shaklini biriktirish lozim.

Abiturentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

1. O‘qish joyidan olingan diplom (attestat) yoki oxirgi o‘qish joyidan ma’lumotnoma;

2. Pasport nusxasi;

3. STIR (INN)ning nusxasi;

4. Onlayn-anketa;

5. 3×4 shakldagi rasm – 3 dona;

6. Ro‘yxatga olish uchun to‘lov: 1 EKIH (202.730 so‘m).

Ikkinchi bosqich – test sinovlari, 2019 yil 17 iyuldan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.:

  • «Maktabgacha ta’lim» va «Arxitektura» yo‘nalishlari bo‘yicha – ingliz tilida;
  • «Koreys tili va menejmenti» yo‘nalishi bo‘yicha – koreys tilida.

Quyidagi hollarda yozma imtihondan (test sinovidan) ozod bo‘lishingiz mumkin:

  • «Maktabgacha ta’lim» va «Arxitektura» yo‘nalishlari bo‘yicha – IELTS 5 yoki undan yuqori darajadagi sertifikat yoki CEFR B1 va undan yuqori daraja sertifikati mavjud bo‘lsa;
  • «Koreya tili va menejmenti» yo‘nalishi bo‘yicha – agar sizda TOPIC 3 va undan yuqori daraja sertifikati mavjud bo‘lsa.

Uchinchi bosqich – Universitet professorlari bilan suhbat 2019 yil 24-26 iyul kunlari o‘tkaziladi.

2019 yil 30 iyulda – Universitet veb-saytida natijalar e’lon qilinadi.

Barcha savollar uchun:

Telefonlar: +99895 1963601, +99890 1163600, +99897 4630037

Sayt: www.but.uz

Telegram kanal: t.me/bucheon_university

Facebook: fb.com/bucheon.university.tashkent

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: