Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi Amfiteatr maydonida besh tonnalik palov damlandi. Uni tayyorlashga Guliston shahri va viloyatdagi 20 nafar taniqli oshpazlar jalb etildi.
“Xalq so‘zi”ning xabar berishicha, palov “Tashabbus -2019” respublika tanlovining Sirdaryo viloyati bosqichi doirasida tayyorlandi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/94thFPcS1oS0BsN4j9FMl0uPP-s8RdD8.jpg)
Sirdaryo viloyati hokimligi savdo departamenti boshlig‘i Hamid Saydaliyevning bildirishicha, tayyorlangan taom “Bolalar shaharchasi”, “Mehribonlik uylari”, kam ta'minlangan oilalar, nogironlarga ehson qilindi va tadbir ishtirokchilariga ulashildi.