Bo‘kadagi koloniyada mahkum boshqa bir mahkumni urib o‘ldirdi

Jamiyat 11:05 / 08.06.2019 33625

Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli Bo‘ka tumanidagi UYa 64/38-sonli koloniyada qasddan odam o‘ldirgani uchun jazo muddatini o‘tayotgan andijonlik 54 yoshli mahkum M. Q jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni urib o‘ldirgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Bo‘kadagi manzil koloniyada bu mahkumning o‘zaro kelishmovchiligi kundan-kunga yomonlashib boravergan.

Voqea guvohlarining aytishicha, M Q telefon orqali bir qiz bilan gaplashib yurgan va bu holatni E. Q telefon orqali M.ning xotiniga aytgan hamda haqiqiy ziddiyat shu soniyalardan boshlangan.

Kelishmovchilik natijasida M. Q. ketmon uchun yasalgan tayoq bilan E. Q.ning bo‘yin qismiga uch marta urgani natijasida E. Q. vafot etgan.

Jazo muddatini o‘tayotgan vaqtida yana qasddan odam o‘ldirgani uchun mahkumga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: