O‘zbekiston JSTga a'zo bo‘lsa, «O‘zavtosanoat» xorijiy ishlab chiqaruvchilar raqobatiga qanchalik dosh beradi?

Iqtisodiyot 20:20 / 07.06.2019 18141

«O‘zavtosanoat» O‘zbekiston JSTga a'zo bo‘lsa, vujudga keladigan raqobatga dosh berish uchun qator choralarni ko‘rmoqda. Tannarxni arzonlashtirish, yangi modellar va modernizatsiya shular jumlasidan. AJ boshqaruvi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari 7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri savoliga shunday javob berdi. 

O‘zbekiston Jahon Savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishni rejalashtirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan mahalliy yirik ishlab chiqaruvchilar qator imtiyozlardan mahrum bo‘lishini, bojxona to‘lovlari bir maromga keltirilishi, ya'ni kamaytirilishini anglatadi. Xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar O‘zbekistonga kirib kelishga intilishadi. Bu holatda «O‘zavtosanoat» AJ raqobatga qanchalik dosh bera oladi va buning uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

«Avvalambor, raqobatbardosh bo‘lish uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimiz tannarxi pasaytirilishi lozim. Misol uchun, o‘tgan 2018 yilda tannarxni 1-2 trln so‘m miqdorida arzonlashtirdik. Ikkinchidan, mahalliy korxonalar modernizatsiyasi amalga oshirilmoqda. Uchinchisi, bu yangi modellar. Shu kabi 2-3ta asosiy jihatlarga e'tibor bersak va ishlab chiqarishga joriy qila olsak, O‘zbekiston JSTga kirgan taqdirda ham, biz raqobatga tayyor holda kiramiz», - dedi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Yusupov.

Ko‘proq yangiliklar: