11 iyun kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarida hamda Toshkent shahridagi Respublika qon quyish markazida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkaziladi.
“Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostidagi ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdir.
Donorlik tartibi bo‘yicha eslatma:
1. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar fuqarolik pasporti bilan ishtirok etishi;
2. 1 kun avval achchiq, sho‘r mahsulotlar, spirtli va gazli yaxna ichimliklar iste'mol qilmasligi;
3. Donor bo‘ladigan kun ertalabki nonushtada tuxum, yog‘ va sut iste'mol qilmasligi;
4. Donor so‘nggi 6 oy ichida chet elda bo‘lmagan bo‘lishi lozim;
5. Sariq kasalga chalinmagan bo‘lishi va “D” ro‘yxatda turmasligi talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 iyun hamda 3-6 dekabr kunlari O‘zbekiston “Adolat” SDPning “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida barcha hududlarda beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada respublika bo‘yicha 1498 nafar xayrixoh ishtirok etdi. Ulardan 398 ming gramm qon to‘plandi va bu qonlar yuzlab bolajonlarimizga madad bo‘ldi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
- Sayt: www.adolat.uz
- Telefonlar: 288 46 54 (117,116), +99893 394 67 60
- Elektron pochta: adolat_info@mail.ru
- fb.com/sdpu.adolat/
- t.me/adolat_uz/
- instagram.com/adolat_sdp/
- twitter.com/AdolatSDP