Qashqadaryoda 20 kunlik chaqalog‘ini 5 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Jamiyat 13:58 / 05.06.2019 6090

Qashqadaryoda ayol kishi 20 kunlik chaqaloqni sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyatning Koson tumanida shu yil 24 may kuni Muborak tumanida yashovchi 23 yoshli M.Z. ismli ayol 13 may kuni dunyoga keltirgan o‘g‘il farzandini Qarshi tumanida yashovchi 33 yoshli I.O.ga 5 mln. so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
 
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: