O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 4 iyun kuni ertalab soat 9:10da Penza oblasti hududidan o‘tuvchi M5 «Ural» trassasida Hyundai mikroavtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Mikroavtobusdagi 9 nafar O‘zbekiston fuqarosidan 8 nafari bosh miya jarohatlari bilan Penza oblasti Kuznetsk tumanlararo kasalxonasiga joylashtirilgan:
1. Safarov Nurulla, 16.07.1989 y.da tug‘ilgan;
2. Egamberdiyev Ravshan Halimjonovich, 08.07.1987 y.da tug‘ilgan;
3. Qosimov Fazliddin Bahriddinovich, 05.03.1986 y.da tug‘ilgan;
4. Turdialiyeva Sohibaxon Jo‘rayevna, 24.03.1973 y.da tug‘ilgan;
5. Karakulov Ziyodullo Murtazoyevich, 05.11.1968 y.da tug‘ilgan;
6. Abdiravibov Musurmon Abdixalil o‘g‘li, 15.05.1995 y.da tug‘ilgan;
7. Abdurayimov Sunnat Islomiddinovich, 06.05.1995 y.da tug‘ilgan;
8. Patirloyev Sherali Xolnazarovich, 06.09.1983 y.da tug‘ilgan.
Bosh konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan, deyiladi TIV xabarida.
Bundan oldin, Penza yaqinidagi YTHda O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi jabrlangani xabar qilingandi.