Deutsche Bank Venesuelaning 20 tonna oltinini musodara qildi – OAV

Foto: EPA
Germaniyaning Deutsche Bank banki Venesuelaning 20 tonna oltinini musodara qildi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
2016 yilda Venesuela bankdan 750 mln dollar miqdorida kredit olib, garov sifatida bankka 20 tonna oltin bergan. Kreditni qaytarish muddati 2021 yilda yakunlanishi kerak bo‘lgan, biroq Karakas kelishuv shartlarini bajarmay, foiz to‘lovlarini amalga oshirmagan. Shu sababli bank garovga qo‘yilgan oltinni musodara qilishga qaror qilgan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuela muxolifati vakillari bank bilan muzokaralar olib bormoqdalar va qo‘shimcha 120 mln dollar to‘lashni so‘rashmoqda. Siyosatchilarning fikricha, ushbu summa kredit bilan oltin narxidagi farqni qoplaydi. Muxolifat bu pulni amaldagi prezident Nikolas Maduro kira olmaydigan alohida hisobraqamiga o‘tkazilishini istamoqda.
Ta'kidlanishicha, nemis banki va Venesuela markaziy banki vakillari vaziyatga izoh berishdan bosh tortishgan.
Mavzuga oid

21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi

13:13 / 06.02.2025
1 gramm oltin narxi 95 dollardan oshdi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:20 / 03.02.2025