O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 4 iyundan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27,66 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8513,57 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Bu ilk bor rasmiy kurs 8500 so‘mlik nuqtadan oshishi bo‘ldi.
1 yevro kursi 1,18 so‘mga oshib, 9507,10 so‘mni tashkil etgan.
1 rubl esa 1,11 so‘mga arzonlab, 130,41 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.