Parijda 1949 yilning noyabrida Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi kongressi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 70 yildan buyon butun dunyoda nishonlanadi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – bu, avvalambor, insonparvar va adolatli jamiyatni shakllantirish uchun kerakli shart-sharoitlar sifatida bolalarning hayotga, ta'limga, dam olishga, jismoniy va psixologik zo‘ravonliklardan himoyalanish, bolalar mehnati ekspluatatsiyasidan himoyalanish huquqlarini hurmat qilinishi zarurligi xaqidagi kattalar uchun eslatma hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar mamlakat aholisining 30 foizidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Ularning huquq va erkinliklari mamlakat qonunchiligi bilan himoyalangan. Shu bilan birga, shunday bolalar borki, ularni qo‘llab-quvvatlash va alohida e'tiborga olish kerak.
LUKOYL Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya tadbirini o‘tkazdi.
LUKOYL kompaniyasi Qarshi shahridagi 18-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘quv binolarida,yotoqxonalarda yangilangan shart-sharoitlar yaratdi, oshxona uskuna va mebellarini, shu bilan birga isitish tizimini to‘liq yangiladi. Endi qishki sovuqlar internat o‘quvchilariga hech ham muammo tug‘dirmaydi! Shuningdek, ulkan neft va gaz kompaniyasidan o‘quvchilarning xususiyatlariga moslashtirilgan yangi sport va bolalar maydonchasi hamda futbol maydoni taqdim etildi.Ko‘zi ojiz bolalarga Brayl tilida yozish va o‘qish qobiliyatlariga ega bo‘lishlariga imkon beradigan kanselyariya buyumlari bolajonlar uchun maxsus sovg‘a bo‘ldi.Bu o‘z navbatida bolajonlarning jamiyatga kirishishiga, kasbiy va to‘liq hayotga ega bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Ushbu quvonchli hodisaning avj nuqtasi internatning barcha tarbiyalanuvchilari uchun tayyorlangan bayramona osh taomi bo‘ldi.
So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida Buxoro shahridagi 24-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 180dan ortiq o‘quvchilari va Qarshi shahridagi 18-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 175 nafar o‘quvchilariga Brayl yozuvi uchun kanselyariya anjomlari LUKOYL tomonidan sovg‘a qilindi.
Bolajonlar ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik va e'tibor uchun minnatdorlik izhor etib,birgalashib "Rahmat!" deb quvonch bilan tabassum qildilar. Maktab-internatlar o‘qituvchilari va rahbariyati ushbu xayriya tadbirining o‘tkazilishi yuzasidan o‘z minnatdorchiliklarini izhor etib mazkur maxsus Brayl jihozlariga ehtiyoj juda yuqori ekanligini ta'kidlab o‘tishdi.
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 350 nafardan ortiq bola o‘qiyotgan ko‘zi ojiz bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati uchun kutubxona va o‘yin maydonchasi LUKOYLning Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan yana bir sovg‘asi bo‘ldi.Bundan tashqari, maktab-internat hududi va o‘quv binosini obodonlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi,shu bilan birga, shiyponchalar qayta jihozlandi, bolajonlar harakati uchun tirgaklar yangilandi.
Amalga oshirilgan xayriya tadbirlari Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda o‘quv muhitini yaxshilash va o‘quvchilarni xush kayfiyatiga sabab bo‘ldi. Bolajonlarning quvonchli tabassumlariga esa nima yetsin...
Ijtimoiy mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va imkoniyati cheklangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol xayriya tadbirlarini olib bormoqda. Ishlab chiqarish faoliyati olib boriladigan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida ijtimoiy va xayriya loyihalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.