Moskvadagi migrantlar yotoqxonasida meningit infeksiyasi tarqaldi

Jahon 20:44 / 12.02.2025 1909

Rossiyaning Moskva shahridagi «Kutuzov» yotoqxonasida migrantlar orasida meningit infeksiyasi tarqaldi.

Mash xabariga ko‘ra, migrantlar meningitga qarshi emlangan, shundan keyin meningokokk infeksiyasi avj olgan.

Qayd qilinishicha, meningokokka qarshi «Menaktra» vaksinasi qo‘llangan. Ba’zi migrantlarda inʼeksiyadan keyin bosh og‘rig‘i va isitma qo‘zg‘algani qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning besh nafar fuqarosi, shuningdek, Tojikistonning bir nafar fuqarosi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: