2019 yilning 30 may kuni soat 10:16da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 7-uy oldida Mercedes-Benz rusumli yengil avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar berilgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/asDmblq0r_TCMpHJAKpdrXdvwrw9lgMt.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan.
Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada yetib borganda avtomashinaning motor qismi yonib zararlangani va yong‘in haydovchi hamda yo‘lovchilar tomonidan o‘chirilganligi ma'lum bo‘lgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
![](https://storage.kun.uz/source/4/JIlLc7Yw0OHh80NYCdMiZEn-cQ5ghKK4.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/4/emwEADYOBiLT0DEBz4qfz9DqF9tuFv0Y.jpg)
Yong‘inni sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Bundan oldin, Toshkentda «Gazel» yuk avtomashinasi yonib ketgandi.