Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari har kuni noto‘g‘ri to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilganligi bilan bog‘liq o‘nlab qoidabuzarliklarni aniqlashadi, deb xabar bermoqda IIBB.
Qayd etilishicha, yo‘l harakati qoidalarida to‘xtash va to‘xtab turishlarga talablar aniq ko‘rsatilgan, ammo haydovchilarning aksariyati ularga amal qilishmaydi. Ushbu talablar yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarining xavfsizligi masalalarini inobatga olgan.
“Haydovchilar o‘z avtomobillarida to‘xtab turishlari – jamiyatdagi o‘zaro hurmatning asl ko‘rinishidir.
Yo‘llar chetida o‘rnatilgan 3.27 (“To‘xtash taqiqlangan”) yo‘l belgilari yoki 1.4. yo‘l chizig‘i hamda yaqinda joriy qilingan transport vositalarining yo‘l qismiga parallel ko‘rinishda qoldirish talabi – yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilar uchun ham, qoldirilgan avtomobillar uchun ham qulaylik yaratadi. Tunnel, ko‘prik yoki yo‘l o‘tkazgichda qoldirilgan avtomobil barcha uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Jamoat transportining yo‘lovchilarni tushirish uchun bekatga kelish huquqini mensimaslikka yo‘l qo‘yish mumkinmi? Ular ham yo‘l harakati ishtirokchilari va shuningdek sizning hamshaharlaringizdir.
O‘zingizning manfaatingizni harakatning boshqa ishtirokchilarinikidan ustun qo‘yish mumkinmi? Yo‘q, nafaqat qonunchilik, balki jamiyatda o‘zini tutish madaniyati nuqtai nazaridan ham.
Hurmatli haydovchilar! Avtomobilingizni qayerda qoldirishni hal qila turib, hattoki do‘konga besh daqiqaga kirmoqchi bo‘lganingizda ham sizning transport vositangiz boshqalar uchun to‘sqin bo‘lmasligiga ishonch hosil qiling.
Avtomobilni belgilanmagan joyda qoldirayotganingizda ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnoma emas, atrofdagilaringiz uchun tug‘dirayotgan noqulayliklar bezovta qilishi kerak”, - deyiladi IIBB axborotida.