2019 yil 18 may kuni Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda M.X. (1983 y.t.) xaridor M.O.ga 30.000 AQSh dollarini 255,6 mln. so‘mga sotishga kelishib, M.O.dan kelishilgan summani olib, evaziga 20.000 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda o‘tkazib, 10.000 AQSh dollarini keyinroq berishini aytib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.