Meliqulov Alisher Almardonovich – A.N.Bakulev nomidagi Yurak-qon tomir jarrohligi milliy tibbiy tadqiqotlar markazining yetakchi yurak-qon tomir jarrohi bemorlarni AKFA Medline klinikasida muntazam ravishda qabul qilishni boshladi.
Shu kunga qadar shifokor A.N.Bakulev nomidagi YuQTJ MTTMning yetakchi yurak-qon tomir jarrohi sifatida faoliyat olib borgan. 2018-2019 yillarda Germaniyadagi Herzzentrum Leipzig kardiojarrohlik klinikalarida amaliyot o‘tagan. Ushbu mutaxassis tomonidan 65dan ortiq ilmiy ishlar yozilgan bo‘lib, ulardan 40ga yaqini yetakchi Rossiya va xorijdagi jurnallarda chop etilgan.
Alisher Almardonovich bir necha marotaba RTFA (Rossiya tibbiyot fanlari bo‘yicha akademiyasi) A.N.Bakulev nomidagi YuQTJ MTTMda tashkil etilgan anjuman va kongresslarda ishtirok etib kelgan. Shuningdek, Yevropa yurak-qon tomir jarrohlari hamjamiyati Kongressi va Osiyo yurak-qon tomiri va ko‘krak qafasi jarrohlari uyushmasining 26-Kongressida ham qatnashgan.
Meliqulov Alisher Almardonovich quyidagi kardiojarrohlik operatsiyalarini amalga oshiradi:
- Ishlaydigan yurakda koronar tomirni o‘rnatish – OPCAB;
- Mini ulanish – MIDCABdan foydalangan holda urayotgan yurakda koronar tomirni o‘rnatish;
- Sun'iy qon aylanish sharoitida koronar tomir o‘rnatish;
- Arteriya yurak kasalliklarining murakkab shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolash: qisqaruvchi yurakda chap qorincha anevrizmalari uchun rekonstruktiv operatsiyalar va infarktdan keyingi qorin bo‘linmalari orasidagi yorilish plastikasi;
- Koronar tomirni o‘rnatish bilan bir vaqtning o‘zida uyqu (karotis) arteriyalarning endarterektomiya;
- Arteriya yurak kasalliklari bilan birgalikda orttirilgan yurak nuqsonlari va klapan moslamasining noto‘g‘ri ishlashini jarrohlik yo‘li bilan davolash;
- Orttirilgan yurak nuqsonlari kasalliklarini davolash.
Yodda tuting! Yurak hastaliklari, jumladan arteriya tomirlari kasalliklarini o‘z vaqtida, samarali davolash miokard infarkti rivojlanishini oldini olishga yordam beradi va yaqinlaringiz umrini uzaytirishga hissa qo‘shadi.
AKFA Medline klinikasiga murojaat qiling:
1141 yoki 71 2033003
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 5A.
Mo‘ljal: Beruniy metrosi.
Reklama huquqi asosida