Toshkent viloyatida yil boshidan buyon fotoradarlar orqali qariyb 40 ming qoidabuzarlik aniqlandi

Jamiyat 17:41 / 30.05.2019 3549

Toshkent viloyatining xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ishlab kelmoqda. 

Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezlikni me'yoridan oshirish holati bo‘yicha 37 ming 891  ta qoidabuzarlik aniqlandi. Hozirgi kunda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan jarimalardan 24 ming 519 tasi transport vositasi egalarining manzillariga jarima qog‘ozlari yetkazilganligiga qaramasdan qonunda belgilangan tartibda jarimalarni to‘lamagan. 

Ushbu raqamlarni hisobga olib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida undirish maqsadida viloyat hududida muntazam ravishda Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent viloyati Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda “AUTO CON” uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlab ularning avtomashinasini jarima maydoniga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat  ichida  jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: