“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Odamlar orasini isloh qilish”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” masjidi imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sharhlab berdi.
YouTube
Mover (tas-ix)
Abu Hurayradan (r.a) rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat qilib aytdilarki: “Quyosh chiqqan har bir kunda odamlarning har bir bo‘g‘imi uchun sadaqa lozim. Ikki kishi o‘rtasida adolat qilish ham sadaqadir. Bir kishiga ulovi borasida yordam berib, uni mindirib qo‘yishi yoki yukini ortib berishi ham sadaqadir. Shirin so‘z ham sadaqadir. Namoz sari bosgan har bir qadami ham sadaqadir. Yo‘ldan ozorni olib tashlash ham sadaqadir”.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Birinchidan, inson suyaklari va bo‘g‘imlarining tuzilishida ulkan ilohiy qudrat namoyondir. Alloh taolo insonni eng go‘zal shakl-shamoyilda yaratgan. Inson jismidagi bo‘g‘imlar ko‘rkam suratda yaratilgani, ularni turli vazifalarni, bajara olishi bugun hech kimga sir emas. Shu bois Rasululloh sallollohu alayhi vasallam tanadagi a'zo-bo‘g‘inlarni alohida tilga olib, ularning shukrini ado qilish kerakligini mana bu hadisda bizlarga o‘rgatayaptilar.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytadilar: “Qiyomat kuni bandadan eng birinchi so‘raladigan va Alloh taolo unga aytadigan so‘z mana budir: “Biz sening jismingni sog‘lom qilib qo‘ymadikmi? Seni sovuq suv bilan qondirmadikmi?”. (Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari).
Hadisdagi eng asosiy qism nima edi? Sadaqa - bir-biri bilan xusumatlashib, ajrashib ketgan ikki kishining o‘rtasini isloh qilish ekan. Dinimiz go‘zal, birdamlik, bag‘rikenglik, tarqoqlikka zid, ahllikka targ‘ib qiluvchi din. Shuning uchun ikki arazlashib qolganni yarashtirganga juda katta ajrlar, marhamatlar tayyorlab qo‘yilgan.
Masalan, ajrashib ketgan oilalar o‘rtasini isloh etish, er va xotinni yarashtirib qo‘yish, qaynona-kelin o‘rtasidagi sovuqchilikni ketkazish, yuz ko‘rmas bo‘lib ketgan aka-ukalarni qayta inoq qilish ham ulkan ajr-savobli ishlar ekan.