Har bir uy yoki kvartiraning egasi “Yozda chanani va qishda aravani tayyorla” degan xalq donoligini biladi. Ushbu maqol yangi isitish mavsumiga undan oldingisi tugashi bilan tayyorlanish kerakligini anglatadi.
Bugunga kunga kelib, barcha isitish radiatorlari orasida eng mashhurlari alyumin va bimetall radiatorlar hisoblanib, ular asta-sekin avvalgi avlodning eskirgan batareyalarini iste'moldan chiqarib yubormoqda. Har bir radiatorning o‘ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bordir. Radiatorlarni xarid qilish paytida ularning tafsilotlarini bilish juda muhimdir, chunki, ko‘pincha, arzon narxga qiziqib sifatsiz mahsulot sotib olish xavfi yuqori bo‘ladi.
Kelajakda qilingan xariddan pushaymon bo‘lmaslik uchun, isitish radiatorlarini tanlashda mutaxassislar quyidagi mezonlarga e'tibor berishni maslahat beradi.
Avtomatlashtirilgan yig‘ish liniyasi
AKFA radiatorlarini ishlab chiqarish to‘liq avtomatlashtirilgan hisoblanadi. Bunday ishlab chiqarish inson omili natijasida yuzaga keladigan nuqson va xatolarga yo‘l qo‘ymaydi. Butun yig‘ish jarayoni, dastlabki yarim tayyor mahsulotni olishdan tortib, tayyor mahsulotni yakuniy nazoratdan o‘tkazgunga qadar, ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qat'iy muvofiqlashtirilgan.
Moslashuvchanlik
Shaxsiy talablarga qarab, radiatorlarga 3 qovurg‘adan 14 qovurg‘agacha buyurtma berish imkoniyati bor. Radiatorlar zavodda zamonaviy talablarga muvofiq ishlab chiqariladi.
Kafolat va sifat sertifikatlari
AKFA kompaniyasi isitish radiatorlariga 10 yillik kafolat taqdim etadi, foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda, radiatorlarning xizmat qilish muddati 30 yilni tashkil etadi. AKFA radiatorlari Milan Politexnika Universiteti tomonidan sinovdan o‘tgan va sertifikatlangan, Rossiya GOSTi tomonidan ma'qullangan, shuningdek, O‘zStandart muvofiqlik sertifikatiga ega.
Seksiya parametrlari
Sifatli radiatorning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri – bu uning og‘irligi hisoblanadi. Yengil radiator – uni ishlab chiqarishda barcha ishlab chiqarish standartlariga rioya qilinmaganligini anglatadi. Xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ko‘ra, AKFA alyumin va bimetall radiatorlarining har bir seksiyasining og‘irligi 1.2 kg dan 1.8 kg gachani tashkil etadi. Shu bilan birga qovurg‘aning qalinligi kamida 1.2 mm, old va orqa devori eni esa 80 mm bo‘lishi kerak.
Dizayn va samaradorlik
AKFA radiatorlarining shakli va dizayni binolarni yanada samarali isitish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Aerodinamik 2 va 3 quloqli qovurg‘alar va konveksiya ta'siri issiqlik uzatishni yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Korroziyadan himoya
AKFA isitish radiatorlari ham ichki, ham tashqi tomondan korroziyaga qarshi qoplama bilan himoyalangan. Anaforez qoplamasi isitgichning ichki bo‘shlig‘ini kimyoviy ta'sirlardan himoya qiladi. Ko‘p bosqichli ishlov berish jarayonidan o‘tish va maxsus kukunli bo‘yash texnologiyasi AKFA radiatorlari uzoq yillar davomida xizmat qilishini va qoplamasining o‘zgarmasligini kafolatlaydi.
Sifatsiz mahsulotlardan ehtiyot bo‘ling va mas'uliyatli ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini tanlang. Radiatorning haqiqiy xususiyatlarini aks ettiruvchi sertifikatlarni so‘rashni unutmang. Xaridingiz yoqimli bo‘lsin!
🌐 akfa.uz
📞 +99871 203 00 00
Telegram: @AKFAGROUP_Official
Reklama huquqi asosida