Jaziramani yengishda yordam beradigan limonad retseptlari

Jamiyat 18:45 / 28.05.2019 9517

Ko‘chadagi havo tobora isimoqda. Bunday havoda kishi yana va yana suyuqlik ichishni istaydi. Facte.ru uyda tayyorlanadigan limonadlar retseptlari bilan o‘rtoqlashdi.

Aytish kerakki, limonadning barcha retseptlari bir-biriga juda o‘xshash. Faqat unga qo‘shiladigan mahsulotlar o‘zgaradi. Uning asosi gazli suv va limon sharbatidan iborat. Qolgan mahsulotlar esa sizning ta’bingiz va istagingizga bog‘liq.

«Dyushes»

Bu ichimlikni tayyorlash uchun nok, limon va gazli suv kerak. 1,5 kilogramm nokning sharbati siqib olinadi. Nok sharbati idishga solinib unga ta’bga qarab shakar qo‘shib, 30 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Ana undan keyin ichimlikni sovutish va tindirish uchun kamida 4 soatga olib qo‘yiladi.

Foto: Afisha.ru

Besh dona limon sharbati siqib olinadi. Nok sharbati dokadan o‘tkaziladi. Limon sharbati va gazli suv bilan aralashtiriladi.

Qora smorodinali ichimlik

Limonad tayyorlash uchun 1,5 kilogramm qora smorodina kerak. U tuyib maydalanadi. Smorodina nordon bo‘lgani uchun ichimlik tayyorlash uchun ikki dona limon yetarli.

Foto: Foodbox

Kastryulkaga smorodina solinadi. Meva ustiga shakar sepilib, unga bir stakan suv solinadi va 20 daqiqa davomida qaynatiladi. Shundan keyin xona haroratiga kelguncha sovutiladi. Unga limon sharbati va 1,5 litr gazli suv qo‘shiladi.

Barcha mahsulotlar yaxshilab aralashtirilib, kerak bo‘lsa, shakar qo‘shiladi va muzlatgichda sovutiladi. Yoki stolga tortishdan avval muz bo‘lakchalari solinadi.

Tarvuz va limonli ichimlik

U tarvuz mavsumida tayyorlanadi. Buning uchun o‘rtacha kattalikdagi tarvuz olinadi. Limonad tayyorlash uchun tarvuz blenderga solib, maydalanadi.

Foto: Pinterest

Uch dona limon sharbati siqib olinadi. Tarvuz sharbati bir stakan suv va bir stakan shakar bilan qaynatib olinadi. Tarvuzli pyure sovutilib, unga limon sharbati va gazli suv qo‘shiladi. Uni stolga tortishdan oldin muzlatgichda sovutib olinadi.

Yoz fasli nafaqat issiq, balki mazali bo‘lishi uchun yuqoridagi retseptlardan foydalanishni maslahat beramiz.

Ko‘proq yangiliklar: