Koson tumanida 5ta tashabbus ijrosi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda – foto

Jamiyat 13:35 / 24.05.2019 4006

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Prezidentning 5 ta muhim tashabbuslaridan biri bo‘lgan ommaviy kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida «Qadrdon maktabimga sovg‘a qilaman» shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

 

Tadbir doirasida 67 million 650 ming so‘mlik 165 ta kitoblar jamlanmasi tashkilot va korxonalar orqali tumandagi barcha maktab kutubxonalariga yetkazildi.

Tuman markazidagi «Amir Temur» istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi A.Boykarayev 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasining ijrosini ta'minlash yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tumandagi 2-umumiy o‘rta ta'lim maktabida «Biz buyuk yurt farzandlarimiz» shiori ostida tadbir tashkil etildi.

 

Shuningdek, tuman markazida taniqli san'atkorlar tomonidan «Yurtim jamoli» nomli konsert dasturi namoyish etildi.

Ko‘proq yangiliklar: