Farg‘onada o‘zaro janjal oqibatida ayol kishining umriga zomin bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat 15:16 / 24.05.2019 8864

2019 yil 18 may kuni Farg‘ona shahri Quvasoy ko‘chasida yashovchi 43 yoshli N.A. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan 40 yoshli nikohsiz ayoli L.G.ning yuziga qo‘li bilan urgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada ayol boshi bilan yerga yiqilib, jarohat olgan. Oqibatda L.G. 19 may kuni olgan tan jarohatlari tufayli uyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.A. ushlangan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: