«Candela» qandillari bilan xonadoningizga ulug‘vorlik va rang-baranglik baxsh eting

Jamiyat 09:00 / 24.05.2019 40661

Odatda yangi xonadon qurilganida yoki uni yangidan bezatishda xonalarning rangi, uyda kimlar istiqomat qilishi va xona jihozlariga ko‘ra qandillar tanlanadi. 

Qandillar o‘zining asosiy vazifasi – yorug‘lik taratish bilan birga, har qanday xonadonga bezak berishi va uni yanada ulug‘vor ko‘rsatishi aniq. 

Bugun sizga ana shunday bejirim, inson ko‘zini quvnatuvchi hamda turli g‘aroyib shakl va dizayndagi, eng asosiysi esa dunyoning allaqaysi uzoq shahrida emas, o‘zimizning Toshkentda joylashgan qandillar do‘koni hamda undagi aksessuarlar haqida ma'lumot beramiz.

«Candela» bu – premium-klassdagi yoritish uskunalari do‘koni bo‘lib, ushbu do‘konda siz xonadon, ko‘chalar, tashkilot yoki boshqa turdagi binolarning zal va xonalarini did bilan bezatishda foydalaniladigan qandillarni topishingiz mumkin.

Turli rang, noyob shakl va dizayndagi yoritgichlar xonadoningizning ichki ko‘rinishiga ulug‘vorlik berib, uni yorqin ranglar bilan to‘ldirishi aniq.

Do‘kon shu yilning mart oyidan boshlab Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida faoliyat yuritmoqda.

Ushbu do‘kon aksessuarlari eng talabchan va nozik did egalarini ham o‘zining standart bo‘lmagan yondashuvi bilan xursand qila oladi. Chunki faqat «Candela» do‘konida mijozlarga miliy klassika, xaytek modern va boshqa turdagi uslublarda sifatli qandillar taklif etiladi. 

«Candela»ning yorug‘lik texnika sohasidagi ulkan tajribasi esa mijozlarga ishonch kafolatini, ulug‘vorlikning yuqori darajasi va ishga professional munosabatni beradi.
Mahsulotlar assortimenti 500 xildan ortiq. Xaridorlar «Candela» yoritish uskunalari do‘koniga tashrif buyurib o‘zini turli-tuman qandillar olamiga tushib qolgandek his qiladi. Eng muhimi esa bu olamdan o‘zingiz uchun atalgan qandillarni albatta topasiz.

«Candela» qandillari har qanday intererni doimo muvaffaqiyatli to‘ldirib turadi. 

Bundan tashqari, do‘kon o‘z mijozlariga quyidagilarni taklif etadi:

- har bir mijozga individual yondashuv. Jumladan, do‘kon mutaxassislari qandillar bilan bezatiladigan manzilga yetib borib, sizga bepul professional maslahat berishadi.

- mahsulotlar «Candela» mutaxassislari tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab har qanday obektga bepul yetkaziladi hamda o‘rnatib beriladi.  

- o‘rnatilgan mahsulotlarga bepul servis xizmati. Unga ko‘ra, bir yil davomida to‘plamga kiradigan barcha mahsulotlarga bepul texnik xizmat ko‘rsatiladi.

Shuningdek, muborak Ramazon oyi munosabati bilan, «Candela» do‘koni tomonidan mahsulotlarga chegirmalar joriy qilindi. Unga ko‘ra, xaridorlar barcha turdagi qandillarni 20 foizli chegirma asosida xarid qilishlari mumkin.

Albatta, ushbu ma'lumotlar va suratlar orqali do‘kon imkoniyatlari va qandillarning keng assortimentini ko‘rsatib berish imkonsiz. Siz esa «Candela»ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo‘lish va albatta, do‘konga bir bor tashrif buyurish orqali ushbu imkoniyatga ega bo‘lasiz. 

Bizning manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasi 3d uy.

Telefon:(+998 95) 340-00-03

               (+998 95) 340-00-05

Facebook: https://fb.me/candela.uz

Instagram: https://instagram.com/candela.uz

Telegram: https://t.me/candela_uz

Do‘kon ish vaqti 10:00dan 22:00ga qadar.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: