«Prado»ning xufiya joyiga yashirilgan gashish topildi

Jamiyat 12:01 / 23.05.2019 10383

Giyohvandlikka qarshi kurashish va bu illatning zararli oqibatlarini bartaraf etish maqsadida bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Ammo, shunga qaramay, bu zararli illat orqali mo‘may daromad orttirish ilinjida bo‘lganlar hamon uchrab turibdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga o‘zining “Toyota Land Cruiser Prado” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro A.Z. belgilangan tartibda “Klod” laqabli xizmat iti yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, avtomobil havo filtrining ichki qismida 2,60 gramm to‘q ko‘k rangli, o‘tkir hidli “gashish” giyohvandlik moddasi yashirilgani aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: