«O‘zRTXB» AJ va «COSCOM» MChJ hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashdi 

Fan-texnika 18:59 / 23.05.2019 7760

2019 yil 23 may kuni birja markaziy ofisida «O‘zRTXB» AJ va boshqaruvi raisi Faroxidin Ibragimov va «COSCOM»MChJ (Ucelltm)  bosh direktori Vladimir Kravchenko «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ axborot tizimida pullik abonent raqamlarini realizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqini beruvchi elektron auksion tashkil etish haqida kelishuv imzolashdi. 

«COSCOM»MChJ (Ucell) – bu pullik toifalardagi o‘z mobil raqamlarini «O‘zRTXB» AJning yangi elektron savdo tizimi orqali realizatsiya qilishni taklif etgan birinchi uyali aloqa operatoridir. 

«O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ bilan shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 avgustdagi «Elektron yarmarkalar, auksion va tanlovlar tashkilotchilarining-axborot vositachilarining faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi Qaroriga muvofiq tuzilgan va abonent telefon raqamlarini birjaning onlayn-auksioni orqali realizatsiya qilish borasida ikki kompaniyaning o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi. 

Yuqoridagi Qaror va erishilgan kelishuvlar doirasida «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi» AJ axborot tizimida elektron auksion o‘tkazishning muayyan qoidalari ishlab chiqildi. 

Ayni damda birja mutaxassislari tomonidan chiroyli sonlar ketma-ketligiga asoslangan uyali telefon raqamlarini onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha yangi vebsayt ishlab chiqilgan va sinovdan o‘tkazilmoqda. 

Onlayn-auksionda xaridor sifatida yuridik shaxslar (B2B) ham, jismoniy shaxslar (B2C) ham ishtirok etishlari mumkin. Savdoning yangicha mexanizmi, O‘zRTXBning boshqa savdo platformalari kabi, ochiqlik, shaffoflik, sog‘lom raqobat va savdoning barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyat tamoyillariga asoslangan. 

«O‘zRTXB» AJning yangi savdo tizimi hamda vebsayti yaqin orada ishga tushishi kutilmoqda. 

Ucell – O‘zbekistondagi yetakchi uyali aloqa operatorlaridan biri bo‘lib, jismoniy shaxslarga ham, tadbirkorlarga ham xizmatlar taqdim etishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab kelmoqda. Ucell savdo belgisi 1996 yilda tashkil etilgan «COSCOM» MChJga qarashlidir. 

UZEX – MDH mamlakatlari orasidagi eng yirik tovar birjalaridan biri bo‘lib, birja bozorining tovar segmentida va elektron tijorat sohasida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasiga 1994 yili asos solingan.

Ko‘proq yangiliklar: