Navoiyda 6 yoshli farzandini 15 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Jamiyat 08:25 / 23.05.2019 17087

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari va viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, unda fuqaro Sh.N. o‘zining 6 yoshli farzandini fuqaro G.M.ga 15 mln. so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda bildirilishicha, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: