«Moskovskiy» Agroklasteri – agrar sohada zamonaviy va innovatsion yechimlarni taklif etmoqda

Jamiyat 13:36 / 23.05.2019 2616

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida zamonaviy innovatsiyalarni nima uchun joriy qilish, davr talabi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun nimalar qilish lozim? 2019 yil 22 may kuni O‘zbekiston Yoshlar ijod saroyida o‘z ishini boshlagan Expo Contract Foods & Goods Uzbekistan 2019 (Agro, oziq-ovqat sanoati va xalq iste'moli mahsulotlari) O‘zbekiston-Rossiya ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan «Moskovskiy» Agroklasteri ta'sischisi Nodir Sodiqov shu haqda fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha jabhasida o‘zgarishlar bo‘layotgani ishlab chiqaruvchilarning xorijlik hamkorlar bilan aloqalarini o‘rnatish, majudlarini kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etadi. Bu borada O‘zbekiston-Rossiya tadbirkorlarining hamkorligi, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida avvalgidan ham sezilarli o‘sib boryapti.

Albatta, buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor. O‘zbekistonda bir yilda 20 mln tonnaga yaqin meva-sabzavot yetishtirilsa, shuning 10 foizga yaqini, yaqin xorij mamlakatlari, ya'ni Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinadi. Eksport ko‘lamini oshirish va yetishtirilayotgan mahsulotlarning sifati iste'molchi va buyurtmachi talabiga mos bo‘lishini ta'minlash uchun O‘zbekistonda jahon standartlariga mos mahsulotlarni yetishtirish, qadoqlash va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi.

Xorijlik hamkorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, qolaversa ularning O‘zbekistonda shoxobchalarini ochgan holda faoliyat ko‘rsatishi esa, ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarning oldini olish baarobarida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan eksport qilish, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini tezroq joriy qilish, logistika va qadoqlash ishlarini yuqori me'yorlar asosida tashkil etish imkonini beradi.

2019 yil 22 may kuni O‘zbekiston Yoshlar ijod saroyida o‘z ishini boshlagan Expo Contract Foods & Goods Uzbekistan 2019 (Agro, oziq-ovqat sanoati va xalq iste'moli mahsulotlari) O‘zbekiston-Rossiya ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan «Moskovskiy» Agroklasteri aynan ishlab chiqaruvchi va buyurtmachi o‘rtasida vositachi vazifasini o‘tash barobarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga zamonaviy tendensiyalarni olib kirish ustida ishlamoqda.

«Moskovskiy» Agroklasteri ta'sischisi va sarmoyadori Nodir Sodiqovning Kun.uz’ga bildirishicha, u tashkil etgan agroklaster bugungi kunda O‘zbekistonning 4ta viloyati – Surxondaryo, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

«Nima uchun agroklaster? Chunki, qishloq xo‘jaligi boshqa barcha ishlab chiqarish korxonalaridan, ishchi kuchi va mehnat ko‘p talab qilinishi bilan farqlanadi. Shu bilan birga, bu sohaga zamonaviy bilim va innovatsiyalar, yangiliklarni joriy qilish o‘ta muhim hisoblanadi. Afsuski, O‘zbekistonda bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p.

Misol uchun, o‘tgan yili O‘zbekistonda serhosil yil bo‘ldi. Ammo, mahalliy dehqonlar va buyurtmachilar o‘rtasidagi hamkorlik zanjirining mavjud bo‘lmagani, qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish diversifikatsiya qilinmagani oqibatida ko‘pchilik dehqonlar mehnatlariga ham, mablag‘lariga ham kuyib qolishdi. Tonna-tonna mahsulotlar chiqindiga tashlandi.

Xo‘sh, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish qanday yo‘lga qo‘yilgan, dersiz? Yevropaning istalgan fermeriga borib, nima uchun u yoki bu mahsulotni yetishtirmoqdasiz, deb savol bersangiz, “men falon buyurtmachiga falon tonna mahsulot yetkazib berishim kerak, shartnomam bor”, degan so‘zlarni aytadi. O‘zbekistonda-chi? Bu haqda tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Natijada, o‘tgan yilgi kabi aksar ko‘pchilik bir xil ekin ekadi va o‘sha ekinlar narxi tushib ketadi va dehqon zarar ko‘radi.

«Moskovskiy» Agroklasteri ayni shu masalani ijobiy hal qilishni maqsad qilgan. Biz Rossiyaning yirik savdo do‘konlari va supermarketlari tarmog‘i, jumladan, «Perekryostok», «Magnit», «Lenta» va «Monetka» kabilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz va bizga tushgan buyurtma asosida o‘zbekistonlik hamkor dehqon-fermerlarimizga qaysi qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishni taqsimlaymiz.

Shu bilan ham qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish diversifikatsiya qilinadi hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qulay narxda eksport qilish imkoniyati saqlanib qoladi», - deydi Nodir Sodiqov.

Uning aytishicha, bugungi kunda agroklaster nafaqat xaridor va dehqon o‘rtasida vositachi rolini bajarmoqda, balki dehqonchilikka zamonaviy innovatsiyani joriy qilishda amaliy ko‘mak berib kelyapti. Intensiv bog‘larni yaratish uchun ko‘chatlar, zamonaviy dehqonchilik sirlari, biolaboratoriyalar tashkil etishda ilmiy kadrlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xullas, O‘zbekiston agrar sohasida ham zamonaviy yondashadigan, ilg‘or texnologiya va yangiliklarni amaliyotga dadil joriy qila oladigan «Moskovskiy» Agroklasteri o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ymoqda. Nodir Sodiqovning ta'kidlashicha, u kelajakda 10 mln ishchiga ega yirik korporatsiya emas, balki vodiylik 10 mln kishi bahamjihat hamkorlik qiladigan, amaliy va moddiy jihatdan foydali bo‘ladigan agroklasterni ko‘rmoqda. 

«Moskovskiy» Agroklasteri — bu Farg‘ona vodiysidagi meva bog‘laridir. Agroklaster eng yaxshi meva ko‘chatlarini o‘zi tayyorlaydi. Ertangi sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Fevral-aprel oylarida – karam, sabzi, lavlagi, sarimsoq piyoz, bulg‘or qalampiri yetkazib beriladi.

Agroklaster maqsadi — agrar sohada barcha jarayonni boshqarish va nazorat qilishdir. Bunda ko‘chat yetishtirishdan boshlab, yetishtirilgan mahsulotni yirik iste'molchilarga eksport qilish qamrab olinadi.

«Moskovskiy» Agroklasteri 11 yo‘nalish bo‘yicha xizmatlar majmuasini taklif etadi:

-         In Vitro – biologik laboratoriyasi (ko‘chat yetishtirish)

-         Issiqxonalar uchun ko‘chatlar yetkazib berish

-         Intensiv bog‘larni tayyor ko‘chatlar bilan ta'minlash

-         Intensiv bog‘lar tashkil etish – mevalar va yong‘oq, pista, bodomlar yetishtirish

-         Eksportga mo‘ljallangan ertangi va kechki sabzavot yetishtirish uchun yer maydonlari

-         Meva-sabzavotlar uchun qadoqlash mahsulotlari

-         Meva-sabzavotlarni quritish

-         Mevalar va sabzavotlarga O‘zbekistondan eksport qilish uchun termal ishlov berish

-         Issiqxonalar – sabzavotlar va ko‘katlar yetishtirish

-         Meva-sabzavotlarni qabul qilib, saralash, qadoqlash

-        Sovutgich xonalari – eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni saqlash

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: